O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qirg'iz Respublikasida o'tadigan CAFA musobaqasida qatnashadi
11 iyu 14:14
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qirg'iz Respublikasida o'tadigan CAFA musobaqasida qatnashadi
5-12 iyul kunlari Jaloloboddagi "Kurmanbek" stadionida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari o'rtasida futbol bo'yicha Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionati bo'lib o'tadi.
Turnirda Afg'oniston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etadi.
CAFA shafeligidagi musobaqada ilk bor videoyordamchi hakam tizimi (VAR) ham ishlatiladi. Ayni paytda Qirg'iz futbol ittifoqi bo'lajak turnirda ushbu tizimdan foydalanish uchun texnik jihozlarni shay holatga keltirish bilan band.
Avvalroq Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda 2-o'rinni band etgan edi.
Fikrlar