O'zbekiston U-20 raqibi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
19 may 2015 10:42
Yangiliklar


O'zbekiston U-20 raqibi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon CHempionati guruh bosqichidagi raqibi Fiji U-20 Meksika va Kolumbiya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi.
Avstraliyaning Sidney shahrida o'quv-yig'ini o'tkazayotgan fijiliklar “Valantine’s Sports Stadium”da Meksika yoshlar terma jamoasiga 3:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
Fiji navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda Kolumbiya 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
Fiji U-20 delegaciyasi bugun Yangi Zelandiyaga etib boradi.

Fikrlar