O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Albaniya bilan o'ynaydi
12 avg 2014 12:51
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Albaniya bilan o'ynaydi
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Turkiyada Albaniya U-19 yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
12 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng yig'inni davom ettirish uchun 15 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo'anb ketadi.
Turkiyadagi yig'in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari 17 va 19 avgust kunlari Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi borasida kelishib olingan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo CHempionati bahslarida ishtirok etadi.

Fikrlar