O'zbekiston U-19 Toshkentda yig'in boshladi
05 avg 2015 14:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178684_original.jpg)
![](/upload/storage/178684_220.jpg)
O'zbekiston U-19 Toshkentda yig'in boshladi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kechadan Toshkentda yig'in boshladi.
Kechagi mashg'ulotlar "Jar" stadionida bo'lib o'tdi. Bugun ham futbolchilar 17:00da mana shu stadionda mashg'ulot o'tkazishadi. Yoshlarimiz ertaga Yaponiyaning Xirosima shahriga uchib ketishadi.
Mazkur turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xirosima shahri terma jamoasi (U-19), Polsha (U-19) hamda Yaponiya (U-19) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda maydonga tushadilar. Mazkur turnir o'yinlar 7 avgustdan 13 avgust kunigacha bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 26 sentyabr - 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslarida ishtirok etishadi.
O’xshash yangiliklar
09:41
Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" 15
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar