So’nggi yangiliklar

15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  0 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o'tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o'tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi

Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada yig'in o'tkazib, Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Oktyabr oyida ham O'zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o'tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa 2 ta o'yin kunidan iborat bo'lib, yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun o'yinda maydonga tushishadi.

“GSB Bangkok Cup” musobaqasi taqvimi:

10 oktyabr | Yarim final

Janubiy Koreya U19 – O'zbekiston U19
Tailand U19 – Vetnam U19

12 oktyabr | 3-o'rin uchun
1-o'yin mag'lubi – 2-o'yin mag'lubi

12 oktyabr | Final

1-o'yin g'olibi – 2-o'yin g'olibi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика