So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  2 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  2 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  6 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

O'zbekiston U-19 terma jamoasi OCH saralashida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo'nab ketdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi OCH saralashida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo'nab ketdi

SHu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonning Hisor shahrida U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “B” guruhi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar termasi jamoasi OCH saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 31 oktyabr kuni ertalab Tojikistonga uchib ketdi.

Mazkur guruhda O'zbekiston U-19 termasi Osiyo chempionati yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Bangladesh, SHri-Lanka va Maldiv orollariga qarshi bahs yuritadi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida BAA, Serbiya, Gruziya, Belarus, Armaniston, Qatar mamlakatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazdi.

Yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik o'yinlari tashkil etildi. Quyida mazkur o'rtoqlik uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:


08.03.2017  BAA U-19  – O'zbekiston U-19 – 0:2
10.03.2017  BAA U-19  – O'zbekiston U-19 – 2:1

18.04.2017  Serbiya U-19 – O'zbekiston U-19 – 2:0
20.04.2017  Serbiya U-19 – O'zbekiston U-19 – 2:2

02.05.2017  Gruziya U-19 – O'zbekiston U-19 – 4:2
02.05.2017  Gruziya U-19 – O'zbekiston U-19 – 1:4

17.06.2017  Belarus U-19 – O'zbekiston U-19 – 3:1
19.06.2017  Belarus U-19 – O'zbekiston U-19 – 0:4

07.08.2017  Armaniston U-19 – O'zbekiston U-19 – 0:1
09.08.2017  Armaniston U-19 – O'zbekiston U-19 – 4:1

20.10.2017  Qatar U-19 – O'zbekiston U-19 – 2:4

23.10.2017  O'zbekiston U-19 – BAA U-19 – 1:0
25.10.2017  O'zbekiston U-19 – BAA U-19 – 4:1

Yil davomida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulotlar va ko'riklardan keyin Aleksandr Mochinov Osiyo chempionati saralashiga 22 nafar futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”), Obidjon Tolipov (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Nodir Kuybakov (“So'g'diyona”), Jasur Rahimov (“Paxtakor”), Jasurbek Eshmamatov (“Paxtakor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbos Jumaqulov (“Cementchi”), Alisher Salimov (“NBU-Osiyo”), SHohruxbek Abdurahmonov (“NBU–Osiyo”), Hasan Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Afzal Xolmuhammedov (“Bunyodkor”), Suxrob Izzatov (“Bunyodkor”);

Hujumchilar: Sanjar Zokirov (“Cementchi), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).  

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Tojikiston safari oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yil davomida sifatili o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazib, bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdik”, – dedi Aleksandr Mochinov O'FF matbuot xizmatiga. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi o'tdi. “Futbolchilarni sinovdan o'tkazdik va terma jamoaga munosiblarini saralab oldik. Saralash bosqichidagi har bir o'yinga jiddiy munosabatda bo'lib, g'alaba qozonishni va O'zbekistonga Osiyo chempionati yo'llanmasi bilan qaytishni maqsad qilganmiz”



Aleksandr Mochinov shogirdlari musobaqadagi ilk uchrashuvini 2 noyabr kuni SHri-Lankaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishish mumkin.

U-19 OCH saralashi
Hisor, Tojikiston
31 oktyabr – 8 noyabr

31 oktyabr, seshanba

14:00  Maldiv orollari – SHri-Lanka
17:00  Bangladesh – Tojikiston

2 noyabr, payshanba

12:00  SHri-Lanka – O'zbekiston
15:00  Maldiv orollari – Bangladesh

4 noyabr, shanba

12:00  O'zbekiston – Maldiv orollari
15:00  Tojikiston – SHri-Lanka

6 noyabr, dushanba

14:00  Bangladesh – O'zbekiston
17:00  Tojikiston – Maldiv orollari

8 noyabr, chorshanba

14:00  SHri-Lanka – Bangladesh
17:00  O'zbekiston – Tojikiston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Malumot uchun, U-19 Osiyo chempionatiga mezbon Indoneziyadan tashqari saralashning guruh bosqichida birinchi o'rinni egallagan 10 jamoa hamda ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa yo'l oladi. U-19 OCH final bosqichi 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика