O'zbekiston U-19 ertaga Singapurga uchib ketadi
16 iyu 2016 14:00
Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ertaga Singapurga uchib ketadi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi ertaga Singapur mamlakatiga uchib ketadi.
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13 iyul kuni Toshkentda yig'inni boshlagandi. Ertaga jamoa xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Singapurga yo'l oladi.
Ushbu musobaqada Eron, Xitoy, Singapur va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari ishtirok etishadi.
Yarim final bosqichiga qura tashlanib bo'ldi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron bilan, Xitoy esa Singapur bilan o'ynaydi. G'olib jamoalar finalda, mag'lublar 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Malumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar