So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

O'zbekiston U-19 - BAA U-19 uchrashuvlari “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi, chipta narxi 10000 so'm Yangiliklar

O'zbekiston U-19 - BAA U-19 uchrashuvlari “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi, chipta narxi 10000 so'm

Teglar :  O'zbekiston U-19
Avval xabar berilganidek, Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida 21–31 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazmoqda.

Yig'in doirasida O'zbekiston yoshlar termasi 23 va 25 oktyabr kunlari BAA U-19 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.  Ertaga bo'lib o'tadigan o'yin “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar narxi oddiy sektorlar uchun 10 000 so'm, CIP sektorlari uchun 25 000 so'm qilib belgilangan. OAV vakillari O'zPFL akkreditaciyasi bilan o'rtoqlik o'yiniga kiritiladi.  
25 oktyabr kuni 16:00 da boshlanadigan bellashuvga muxlislar bepul kirishlari mumkin bo'ladi. Ushbu o'yinni stadiondan yoritmoqchi bo'lgan OAV vakillari xuddi dastlabki uchrashuv singari O'zPFL akkreditaciyasi bilan kirishadi.  

Malumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, SHri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollari bilan kuch sinashadi. BAA U-19 termasi esa “A” guruhidan joy olgan bo'lib, OCH chiptasi yo'lida mezbon Qirg'iziston, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi bahs yuritadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика