O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Vetnamga uchib ketdi
05 avg 2014 10:58
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Vetnamga uchib ketdi
O'zbekiston U-19 ayolllar terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun 4 avgust kuni Vetnam poytaxti Xanoi shahriga uchib ketdi.
Ayni damda Vyacheslav Soloxo murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar termasi Vetnamda 9 avgust kunigacha yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yinlari 6 va 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 29 iyul kuni Toshkentda yig'in boshlagan va 3 avgust kuniga qadar ikkita nazorat o'yinida maydonga tushgan edi. Dastlab, 30 iyul kuni bo'lib o'tgan o'yinda Metallurg klubi ayollar jamoasi 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, 2 avgust kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda Bunyodkor ustidan g'alaba qozonildi - 3:0.

Fikrlar