O'zbekiston U-19 avgust oyi oxirida Serbiyaga boradi
28 iyu 2016 14:22
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 avgust oyi oxirida Serbiyaga boradi
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi avgust oyi boshida Toshkentda xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 6–9 avgust kunlari o'tkaziladigan Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi Kubogida qatnashadi.
Avgust oyi so'nggida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Serbiyaga uchib borib o'sha erda yig'in o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi qura natijasiga ko'ra “D” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida o'zbekistonlik futbolchilar Tojikiston, Avstraliya va Xitoy yoshlar jamoasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar