So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

O'zbekiston U-19 Armanistonni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 Armanistonni mag'lub etdi

Jasur Abduraimov boshchiligidagi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Erevanda bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekiston U-19 armanistonlik tengdoshlari ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 8-daqaqidayoq ochildi va golga Sanjar Qodirqulov mualliflik qildi. 38-daqiqada esa Xushnud Avilov hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. Jamoalar tanaffusga ushbu hisob bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa bir marotabadan gol kiritishni uddasidan chiqishdi. Mezbonlar tarkibida Ayk Galstyan gol kiritgan bo'lsa, O'zbekistonning uchinchi golini Saidjamol Davlatjonov kiritdi -1:3.

Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi esa 28-aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

26.04.2015

Armaniston U-19 - O'zbekiston U-19 1:3

Gollar:
S. Qodirqulov (8), X. Avilov (38), S. Davlatjonov - A. Galstyan (67)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика