O'zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat o'yinida "Nurafshon"ni mag'lubiyatga uchratdi
27 fev 2019 13:02
Yangiliklar


O'zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat o'yinida "Nurafshon"ni mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston U-18 terma jamoasi "CHig'atoy" sport majmuasida yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Yig'in davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazilmoqda. Jumladan, Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, "Lokomotiv" yoshlarini esa 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Kecha "Nurafshon" jamoasiga qarshi nazorat o'yini bo'lib o'tdi. Unda terma jamoa azolari 7:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bugun O'zbekiston U-18 terma jamoasi "Oqtepa" jamoasiga qarshi yana bir nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Otabek G'ulomxo'jaev mazkur yig'in davomida terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o'tkazib olmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar