O'zbekiston U-17 terma jamoasi Marokash U-17 ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Marokash U-17 ni mag'lubiyatga uchratdi

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyadagi yig'in doirasida Marokashga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvda o'smirlarimiz tengdoshlari ustidan 2:1 hisobida g'alabani rasmiylashtirdilar. Terma jamoamizning gollariga Quvonchbek Abraev (16-daqiqa) va Lazizbek Mirzaev (90+2-daqiqa) mualliflik qildi.

Marokash – O'zbekiston 1:2

O'zbekiston U-17 terma jamoasi: Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To'lqinov, Behruz Jumatov, SHerzod Abdulboriev, Dilshod Abdullaev, Mamadalixon Olimov, Oybek O'rmonjonov, Ollobergan Karimov, SHodiyor SHodiboev, Quvonchbek Abraev, Lazizbek Mirzaev (s)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика