So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

O'zbekiston U-17 terma jamoasi besh kunlik yig'in boshladi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi besh kunlik yig'in boshladi

Otabek G'ulomxo'jaev boshchilik qilayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi. U 13 sentyabr sanasiga qadar davom etadi.

Bosh murabbiy mazkur yig'inga 25 nafar futbolchini jalb qildi. Ular to'rt kun davomida mahalliy jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Murabbiylar shtabi ishonchini oqlagan futbolchilar oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Ispaniyadagi xalqaro turnirda O'zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.
 
25 futbolchidan to'rt nafari 2002 yilda, qolganlari esa 2001 yilda tavallud topgan. Ular ayni vaqtda 8 ta klub sharafini himoya qiladi: “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Nasaf”, AGMK, “Neftchi”, “Xorazm” va “O'zDongJu”. Yig'inga jalb etilgan futbolchilar bilan quyidagi ro'yxat orqali tanishib olish mumkin.
 
Darvozabonlar:

Abduvohid Nematov — “Nasaf”
Asad Polvonov — “Nasaf”
Mo'minrizo Qodirov — “Bunyodkor” (2002)
 
Himoyachilar:
Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
Eldor Begimov — AGMK
Avaz Mamajonov — AGMK
Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
Odil Abdumajidov — “O'zDongJu”
 
Yarim himoyachilar:

Behzod SHamsiev — “Paxtakor”
Alisher Odilov — “Paxtakor”
Jo'rabek Ergashev — “Paxtakor”
Xurshid Ubaydullaev — “Bunyodkor” (2002)
Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor” (2002)
Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”
Ibrohim Ibragimov — “Buxoro”
Abubakir Turdialiev — “Nasaf”
Javohir Yusupov — “Neftchi”
 
Hujumchilar:
Xushnud Bozorov — “Paxtakor”
Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
Rustam Azimov — “Paxtakor”
Muhammadqodir Rahimbergenov — “Xorazm”
Ruslan Ro'ziev — “Paxtakor” (2002)
Abdulloh G'aybullaev — “Bunyodkor”
 
Futbolchilar terma lageriga kecha — 9 sentyabr kuni tushdan keyin tashrif buyurgan. Bir kun avval U18 ligasida o'yinlar bo'lgani uchun, futbolchilar kecha asosan tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazgan.
 
“Tarkibga jalb qilingan futbolchilar to'laqonli asosiy tarkib azolari demagan bo'lardim. Biz bir-biridan qolishmaydigan 2—3 tarkib tuzib olishni niyat qilganmiz. Ular doim o'zaro raqobatda bo'ladi. Bugun yaxshiroq ko'rinayotgan futbolchi o'sishdan to'xtayotgani sezilsa, uning ko'rsatkichlari pasayib ketmasligi uchun borimizcha harakat qilamiz. SHu bilan birgalikda ayni vaqtda termada yo'q, biroq o'yini tobora kuchayib borayotgan yoshlar keyingi yig'indan albatta joy oladi”, — deydi Otabek G'ulomxo'jaev.
 
Murabbiy bungacha Qo'qon, Namangan, Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo'lib, U17 termasining kengaytirilgan ro'yxatidan joy olgan futbolchilarni ko'zdan kechirib olgandi. Sentyabr davomida mutaxassis mamlakatning yana bir qator shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirgan. Bunda ayniqsa Superliga klublari qoshidagi U18 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar jiddiy kuzatib boriladi. Allaqachon asosiy tarkib bilan shug'ullanayotgan yoshlar esa doimo terma murabbiylari kuzatuvi ostidadir.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика