O'zbekiston U-17 futbolchisi Dilshod Abdullaev: "Bu hali yakun emas"
01 iyu 2023 05:55
Yangiliklar
O'zbekiston U-17 futbolchisi Dilshod Abdullaev: "Bu hali yakun emas"
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Dilshod Abdullaev Tailandda o'tgan U-17 Osiyo kubogi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Turnir yaxshi darajada o'tdi. Guruh bosqichi oson kechgani yo'q. Har bir o'yinda o'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Yaponiya bilan tezkor gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng biroz ruhiy tushkunlik yuzaga kelgandi. Lekin yigitlar bilan gaplashib oxirigacha kurashdik. Saudiya Arabistoni bilan o'yin mundialga yo'llanma berardi. Ortga yo'limiz yo'q edi. Borimizni berdik, deb o'ylayman.
Jahon chempionati yuqori xohish evaziga qo'lga kiritildi. Endi xatolarni ustida ishlashimiz va kuchli bo'lib borishimiz kerak. Bu hali yakun emas",- deydi Dilshod Abdullaev.
Fikrlar