So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

O'zbekiston U-17. Birinchi nazorat o'yinida jangovor durang Yangiliklar

O'zbekiston U-17. Birinchi nazorat o'yinida jangovor durang

Toshkentda yig'in boshlagan O'zbekiston U-17 terma jamoasi reja asosida bugun - 10 sentyabr kuni Pro-Liga “B” zonasida peshqadam bo'lib turgan “Nurafshon” klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Yig'inda 25 futbolchi ishtirok etayotgan bo'lsa, Otabek G'ulomxo'jaev shularning 20 nafarini amalda sinov oldi. Yana besh futbolchi 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” yoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
 
O'rtoqlik o'yinida 3:3 hisobi qayd etildi. 17 yoshli futbolchilar 0:2 hisobida ortda borayotgan bir vaqtda vaziyatdan chiqib ketishni uddalay oldi. Biroq g'alabani ushlab qolish ularga nasib qilmadi. Qayd etish kerak, “Nurafshon” klubiga qarshi bo'lib o'tgan avvalgi yig'inlar doirasidagi o'yinlarning birida yoshlar 1:0 hisobida ustun kelgan bo'lsa, yana birida hisob ochilmagandi — 0:0.
 
Mazkur uchrashuvda Toshkent viloyati klubidan bir futbolchi qo'pol harakati uchun maydondan chetlatildi. Uchrashuv o'rtoqlik maqomida bo'lgani uchun “Nurafshon” bosh murabbiyi qizil kartochka olgan futbolchining o'rnini yangisi bilan to'ldirdi.
 
Sinov-nazorat o'yini
10 sentyabr, dushanba
 
O'ZBEKISTON U17 — “NURAFSHON” 3:3
 
Gollar: 
Murod To'ychiboev, 6 (0:1). Ruslan Beklich, 29 (0:2). Ibrohim Ibragimov, 42 (1:2). Ibrohim Ibragimov, 49 (2:2). Xushnud Bozorov, 65 (3:2). Murod To'ychiboev, 81 (3:3).
 
O'zbekiston U17: Asad Polvonov (Mo'min Qodirov, 46) — Asliddin Toshtemirov, Eldor Begimov (Saidazamat Mirsaidov, 60), Sunnat Hamidjonov (Xurshid Ubaydullaev, 67), Avaz Mamajonov (Sodiq Ortiqov, 46) — Mironshoh Sattorov (Xushnud Bozorov, 55), Jo'rabek Ergashev (Abdulaziz Abdusalomov, 32), Javohir Yusupov (Abubakr Turdialiev, 27), Ibrohim Ibragimov — Rustam Azimov (Alisher Odilov, 46), Ruslan Ro'ziev (Abdulloh G'aybullaev, 67).
 
“Nurafshon”: Abdukarim Muhamedov (Ravshanbek Yagudin, 85) — Nurjas Qambarov (Abdug'ani Kamolov, 41), Abbos Isroilov  (Oripxo'ja Abduxoliqov, 50), Muhammadodil Qahramonov, Doston Bahromov, Rixsixo'ja Ahmadxo'jaev, Azamat Roziqov (Azamat Aydarov, 70), Ruslan Veklich (Asqar Jadigerov, 46), Dilshod Fayziev, Orifjon Hakimjonov, Murod To'ychiboev.
 
Ogohlantirish: Abubakr Turdialiev (58) — Abbos Isroilov (86).
CHetlatish: Nurjas Qambarov, 41 (N).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика