So’nggi yangiliklar

20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  0 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  0 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  2 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  18 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  6 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inini yakunladi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inini yakunladi

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 20 avgust kuni Toshkentning Bunyodkor klubi yoshlariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
SHu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 14-20 avgust kunlari Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.

Mazkur yig'in davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvi kecha Bunyodkor klubi akademiyasiga tegishli stadionida bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentning Bunyodkor-2 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o'yin Bunyodkor yoshlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Elatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlari Osiyo CHempionatiga jo'nab ketish oldidan 24-31 avgust kunlari Malayziyada yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun u erdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика