So’nggi yangiliklar

20:35Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон  0 20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 20:00"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  6 20:00Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  2 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  16 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2

O'zbekiston U-16 terma jamoasi nazorat o'yinida Paxtakor yoshlariga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi nazorat o'yinida Paxtakor yoshlariga mag'lub bo'ldi

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 5 avgust kuni Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi va 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashatirilgan edi. Kecha, Toshkentdagi JAR stadionida Mochinov shogirdlari yig'in davomidagi ilk nazorat o'yinida Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda 3:1 hisobida Paxtakor yoshlari g'alaba qozonishdi.

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomidagi ikkinchi nazorat o'yinini 9 avgust kuni Bunyodkor klubi yoshlariga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin ham JAR stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.

Nazorat uchrashuvi.
5 avgust. JAR stadioni.

O'zbekiston U-16 - Paxtakor (yoshlar) - 1:3
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика