So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

O'zbekiston U-16 terma jamoasining 7 nafar futbolchisi izolyaciyaga olindi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasining 7 nafar futbolchisi izolyaciyaga olindi

Olim SHokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi kuzda Bahrayda bo'ladigan U-16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Olingan malumotlarga ko'ra, terma jamoa azolarida issiq chiqishi kuzatilgan va ular izolyaciyaga olingan. Bu borada batafsil malumot olish uchun O'FA terma jamoalar departamenti boshlig'i Aziz Haydarovga murojaat qildik.

"O'smirlar terma jamoamizni etti nafar futbolchisida koronavirus alomatlari sezilgan. Lekin, vahimaga xojat yo'q. Ular o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Ayrimlarida istimasi chiqqan. Barcha zarur chora va tadbirlar ko'rildi.

Bir martallik anjomlar, ovqatlar etkazib berishni yo'lga qo'ydik. Hozircha ularni CHig'atoy bazasida karantinda saqlamoqdamiz. Tavakkal qilishni istamadik.

Hattoki, bazi bir futbolchilar mashg'ulotlarga chiqish istagini bildirishdi. Ammo, katta tavakkal qilgimiz kelmadi. Izolyaciyaga olingan, zarur dorilar etakazib berilmoqda.

Xudo xoxlasa ularni sog' va salomat ota-onalarini bag'riga qaytaramiz. Avvalo bu balodan yaratganni o'zi barchamizni asrasin. Yurtimizni o'z panohida saqlasin deb qolamiz. Bu borada barcha voqealardan muxlislarimizni xabardor qilib turamiz",- deydi Aziz Haydarov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика