O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'in doirasida 2ta nazorat uchrashuvi o'tkazdi
19 apr 2019 11:21
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'in doirasida 2ta nazorat uchrashuvi o'tkazdi
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Terma jamoa azolari "CHig'atoy" sport bazasida mashg'ulotlar olib borishmoqda. Yig'in davomida murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishmoqda. SHu bilan birga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash borasida ham ish olib borilyapti.
Yig'in doirasida O'zbekiston U-16 terma jamoasi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Qarshining "Nasaf" yoshlar jamoasiga qarshi kechgan o'yin 3:3 hisobida durang bilan yakuniga etdi. "Lokomotiv" jamoasining 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yini 3:1 hisobida Azamat Abduraimov shogirdlarining g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Toshkentdagi yig'in 24 aprelga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar