O'zbekiston U-16 termasi ustozi Jamoliddin Rahmatullaev: "Nafaqat Osiyo, balki Jahon chempionatida qatnashishni niyat qilganmiz"
24 may 2022 17:08
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 termasi ustozi Jamoliddin Rahmatullaev: "Nafaqat Osiyo, balki Jahon chempionatida qatnashishni niyat qilganmiz"
O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev bugungi qura natijalari xususida fikr bildirdi.
"Qura jarayonini to'g'ridan-to'g'ri efirda kuzatib bordik. Janubiy Koreya, Bruney va SHri-Lanka bilan bir guruhdan joy oldik.
Jamoamiz yuqori maqsadlarni ko'zlagan. Nafaqat Osiyo, balki Jahon chempionatida qatnashishni niyat qilganmiz. Yaqinda bo'lib o'tgan "CAFA U-16 Championship" musobaqasi ko'rsatdiki, yaxshi tayyorgarlik olib borsak, har qanday jamoaga munosib qarshilik ko'rsata olamiz.
Xudo xohlasa tayyorgarlik jarayonini optimal darajaga keltirib, saralash o'yinlariga tayyor holatda bo'lamiz. Guruhimizdan kelib chiqib rejalar tuzib oldik va hozirdan tayyorgarlik ko'rishga kirishdik", – dedi Rahmatullaev.
Fikrlar