So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

O'zbekiston U-16 terma jamoasi “Qozog'iston prezidenti kubogi”da ishtirok etadi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi “Qozog'iston prezidenti kubogi”da ishtirok etadi

SHu yilning 4–8 sentyabr kunlari Qozog'istonning Talgar shahrida mamlakat prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

O'ninchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Albaniya va Gruziya o'smirlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamaosi qura natijasiga ko'ra “Kozog'iston prezidenti kubogi”ning “B” guruhidan o'rin olgan. Mazkur guruhdan, shuningdek, Qirg'iziston, Tojikiston va Rossiya o'smirlar jamoalari joy olgan.

Quyida ushbu turnir taqvimi bilan tanishish mumkin:

“Qozog'iston prezidenti kubogi”
Talgar, Qozog'iston
4–8 sentyabr, 2017 yil

1-tur. 4 sentyabr

Qirg'iziston – Tojikiston

Rossiya – O'zbekiston

Albaniya – Gruziya

Qozog'iston – Turkmaniston

2-tur. 5 sentyabr


Rossiya – Qirg'iziston

O'zbekiston – Tojikiston

Gruziya – Turkmaniston

Qozog'iston – Albaniya

3-tur. 7 sentyabr

O'zbekiston – Qirg'iziston

Tojikiston – Rossiya

Turkmaniston – Albaniya

Qozog'iston – Gruziya

Pley-off o'yinlari va final. 8 sentyabr

7–8 o'rin uchun

5–6 o'rin uchun

3–4 o'rin uchun

Final

Avvalroq Dilshod Nuraliev shogirdlari 28 avgust – 3 sentyabr kunlari Polshada bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar berilgandi.  

Bo'lajak musobaqalar O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика