O'zbekiston U-16 Qatarni ikkinchi o'yinda ham mag'lub etdi
06 sen 2015 10:53
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 Qatarni ikkinchi o'yinda ham mag'lub etdi
Qatar U-16 terma jamoasiga qarshi 4 sentyabr kuni ikkinchi bor maydonga chiqqan Temur Olimxo'jaev shogirdlari raqiblari ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston o'smiralari safida gollarni Rasul Yo'ldoshev hamda Abdulhay Ismoilovlar kiritdi.
Ushbu uchrashuv Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoaning Qatardagi yig'inining yakuni bo'ldi va jamoa Toshkentga qaytib keldi.
Yig'inda ishtirok etgan futbolchilar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishib olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida “A” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruhda ularga Yaman, Falastin va Maldiv jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Saralash o'yinlari 16 – 20 sentyabr kunlari, Falastinda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar