So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

O'zbekiston U-16 - Iroq U-16 - 0:2 yoxud Jahon chempionatiga chiqa olmadik Yangiliklar

O'zbekiston U-16 - Iroq U-16 - 0:2 yoxud Jahon chempionatiga chiqa olmadik

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston U-16 - Iroq U-16 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston U-16 - Iroq U-16 - 0:2
26 sentyabr 2016. Goa. "GMC" stadioni. 18:30

Hakamlar: Vang Di (Xitoy), Xsu Min YU (Xitoy Taypei), Jang CHol Jin (KXDR), Ravan Arumugxan (Hindiston).
Komissar: Sapam Kennadi (Hindiston)

Nazoratchi: Solih Muhammad Al Marzuqi (BAA)

Gollar: Muhammad Dovud 6, - 0:1. Muhammad Dovud 79, - 0:2

O'zbekiston U-16: 21.Abduvohid Nematov, 17.Abubakir Mo'ydinov, 4.Ixtiyor Xoldorov, 5.Muhammadali Nomozov, 6.Mardon Abdullaev, 7.Oston O'runov, 8.G'ayrat Azizxo'jaev (20.Abdulhay Ismoilov, 60), 9.Bahrom Soatov (19.Islom Karimov, 63), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Asadbek Sobirjonov (18.SHuhrat Nematov, 63), 15.Doniyor Abdumannopov

Zaxira: 1.Xojiakbar Jo'raev, 2.Nursulton Kuyliboev, 3.SHoxzamon Xayrullaev, 12.Jasurbek Umrzoqov, 14.Ibrohim G'anixonov, 16.Humoyun Abdusattorov, 22.Abdug'ani Kamolov, 23.Burxon Hasanov.

Iroq: 1.Ali Ibadi Jabbor, 2.Habib Xalaf Axele, 3.Ammar Al Lami, 4.Ali Ahmad Radxa, 5.Muntazer Abdulsada, 6.Muntazer Muhammad, 7.Muhammad Davud, 8.Saif Xolid SHayyal (9.Ali Karim Xani, 75), 10.Muhammad Rizo (20.Ahmad Sartip Umar, 90), 11.Ala Adnan Jabbor, 15.Moamel Karim Xachi

Zaxira: 12.Munzer Najm Abed, 22.Abdulaziz Ammar, 13.Javhar Abed, 14.Yusuf Suad Mones, 16.Durgam Muhammad, 17.Muhammad Ali Abbod, 18.Solih Mahdi Solih, 19.Muhammad Abdulrahim, 21.Asadulloh Hamza, 23.Sajjad Majid Hamid.

CHetlatish: SHuhrat Nematov 81




                                MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH

90+3. O'YIN TUGADI. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi chorak finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi va Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

90. O'zgarish. Iroq. Muhammad Rizo o'rniga Ahmad Sartip Umar tushdi

85. Uchrashuv tugab bormoqda, Jahon chempionati ham uzoqlashmoqda...

81. QIZIL KARTOCHKA! SHuhrat Nematov ikkinchi ogohlantirishni olib maydonni tark etdi!

79. GOL! 0:2. Muhammad Dovud boshi bilan darvozamizni ishg'ol qildi

75. O'zgarish. Iroq. Saif Xolid SHayyal o'rniga Ali Karim Xani tushdi

71. Iroqliklarning yana bir hujumi, Dovudning zarbasi noaniq chiqdi

70. ZARBA! Islom Karimov zarba berdi, biroq zarba noaniq ketdi!

68. Iroqning hujumi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni posbonimiz egallab oldi

64. Ogohlantirish. O'zbekiston. SHuhrat Nematov

63. O'zgarishlar. O'zbekiston. Asadbek Sobirjonov o'rniga SHuhrat Nematov, Bahrom Soatov o'rniga Islom Karimov tushdi

61. Ogohlantirish. O'zbekiston. Bahrom Soatov

60. O'zgarish. O'zbekiston. G'ayrat Azizxo'jaev o'rniga  Abdulhay Ismoilov tushdi

55. Darvoza tomon zarbalar 15:5 Iroqning foydasiga

52. O'zbekistonning hujumi! Doniyor Abdumannopovning kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

49. ZARBAAAAAAAAAA! Ikki marta to'p darvoza ustuniga, bir marta to'singa tegib qaytdi! Iroq jarima maydonimiz ichida xohlaganini qilmoqda

47. ZARBAAAAAAAA! Darvoza ustuni qutqardi bizni goldan! Burchak to'pidan so'ng iroqliklar gol urishlari mumkin edi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:1

45. Ogohlantirish. O'zbekiston. Ixtiyor Xoldorov

43. O'smirlarimizning hujumi... Soatovning jarima maydoniga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

42. ZARBA Muntazer Muhammadning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!

41. Himoyachilarimiz juda bo'sh o'ynashmoqda, xatolar juda ko'p...

40. Iroqliklarning hujumlari yanada xavfli chiqmoqda...

38. O'runov to'pni o'ng qanotga uzatdi, Bahrom Soatov esa to'pga eta olmadi

36. ZARBAAAAAA! Muntazer Muhammadning kuchli zarbasi juda va juda xavfli chiqdi! Ozgina noaniq!

35. ZARBA! Ala Adnan Jabbor boshi bilan zarba berdi, to'p noaniq ketdi!

34. Iroqliklar kam, lekin sifatli hujum qilishmoqda

32. Ogohlantirish. O'zbekiston. Oston O'runov

29. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Muhammad Dovud birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, darvozabon bizni goldan qutqardi!

28. Temur Olimxo'jaev va Ahmadjon Musaev galma galdan jamoa azolariga ko'rsatmalar berishmoqda

26. ZARBA! Asadbek Sobirjonovning kuchli zarbasi darvozabonga nasib qildi!

24. Gol muallifi Dovud shifokorlar yordamiga muhtoj, unga yordam ko'rsatildi

20. Vakillarimiz ko'proq hujum qilishmoqda, biroq golga tortadigan vaziyat sodir etilmayapti

17. ZARBAA! Aynan O'runovning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

15. Oston O'runov yarim himoyada ancha faol o'ynamoqda, unga yordam kerak

13. Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi. Asadbek Sobirjonovning amalga oshirgan to'pi to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi

10. Biroq hujumni iroqliklar qilishmoqda, darvozabonimiz bu vaziyatda to'pni qaytardi

8. Hisobda ortda qolayapmiz, endi gol urishimiz shart.

6. GOL! 0:1. Muhammad Dovud chap qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu vaziyatda darvozabonimiz Abduvohid Nematov xatoga yo'l qo'ydi 

5. O'smirlarimiz navbatdagi hujumni tashkil etishdi. CHap qanotdan uyushtirilgan hujumni himoyachilar qaytarishdi. Abdumannopov faol o'ynagandi

4. O'yinda g'olib bo'lgan jamoa yarim finalga chiqish bilan birgalikda Jahon chempionatiga ham yo'llanma oladi

3. Jamoamizning hujumchi noaniq pas tufayli yakuniga etmay qoldi. O'ng qantodan hujum tashkil qilingan edi

2. Muntazer Muhammadning jarima to'pidan yo'llangan zarbani himoyachilarimiz qaytarishdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat Iroq davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.



Reyting: -93   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика