O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o'rtoqlik turnirini yirik g'alaba bilan boshladi
27 iyu 2015 20:13
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o'rtoqlik turnirini yirik g'alaba bilan boshladi
Ushbu turnir bu jamoaga shu yilning 4 - 9 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tayapti.
Veyfang shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasidan tashqari Xitoy, Malayziya hamda Qirg'iziston jamoalari ishtirok etmoqda.
Dastlabki uchrashuvda Baxrom Norsafar shogirdlari Qirg'izistonga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g'alaba qozondi. O'zbekistonlik qizlar raqib darvozasini 10 bora aniq nishonga olib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi ushbu turnirdagi keyingi o'yinini 29 iyul kuni Malayziyaga qarshi o'tkazadi. Xitoy terma jamoasiga qarshi o'yin esa 31 iyulda bo'lib o'tadi.
U-16 ayollar terma jamoalari ishtirokida
Xalqaro o'rtoqlik turniri.
O'zbekiston - Qirg'iziston - 10:0 (5:0)
Gollar: S. Normurodova (5,50,71), SH. Qurbonova (12,43,64,68 ), M. SHoimova (27), M. Panjieva (34), L. SHodieva (48 ).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar