O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi SHri-Lankaga etib bordi
13 sen 2018 12:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453137_original.jpg)
![](/upload/storage/453137_220.jpg)
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi SHri-Lankaga etib bordi
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi SHri-Lankada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashish uchun Kolombo shahriga jo'nab ketgani haqida xabar berib o'tgan edik.
Ilhom Xanjariev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Toshkent-Kuala-Lumpur-Kolombo yo'nalishi bo'ylab SHri-Lankaga etib bordi va “Galadary” mehmonxonasiga joylashdi. Terma jamoa bugun safardan keyingi chigalyozdi mashqlari bilan cheklansa, ertadan boshlab to'liq mashg'ulotlar kun tartibidan joy oladi.
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasining Osiyo chempionati dastlabki saralash bosqichidagi uchrashuvlari sanasi quyidagicha:
15 sentyabr, soat 10:30
Iordaniya – O'zbekiston
19 sentyabr, soat 10:30
O'zbekiston – Guam
21 sentyabr, soat 14:30
O'zbekiston – SHri-Lanka
23 sentyabr, soat 14:30
Xitoy – O'zbekiston
Izoh: O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar