O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi
23 sen 2018 11:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/454669_original.jpg)
![](/upload/storage/454669_220.jpg)
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi SHri-Lankaning Kolombo shahrida o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, Ilxom Xanjariev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida, 3-turda esa SHri-Lanka ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Bugun terma jamoamiz vakillari musobaqadagi so'nggi o'yinda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
O'yin Kolombo shahridagi «SR&FC Grounds» o'yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlanadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar