So’nggi yangiliklar

23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  1 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  0 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  70 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  6

O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvi kelishilganmidi? Diyor Imomxo'jaev nima deydi? Yangiliklar

O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvi kelishilganmidi? Diyor Imomxo'jaev nima deydi?

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston U-23 - Tojikiston U-23 uchrashuvidan keyin PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi o'yini kelishilgan degan gaplar quloqqa ko'p chalinyapti.

SHunga yaqinroq yurgan inson sifatida bu fikrlarga qo'shilmagan bo'lardim. Agar maqsad qo'shni respublika termasini ham keyingi bosqichga olib chiqish bo'lganida, qolgan termalarga o'xshab golli duranglar ham qilsa bo'lardi. Aytaylik, 1:1 yoki 2:2. Bu natija Tojikistonni ham keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Masalan, eng oxirida maydonga BAA va Saudiya chiqdi. Ularni 1:1 qanoatlantirardi va ular 1:1 o'ynashdi. Pley-off o'yinlari ham o'tkazilganida edi, raqobat nisbatan sog'lomroq bo'lardi fikrimcha.

Kecha esa tojiklar shunchaki durang uchun o'ynadi. Terma to'liq himoyaga yotib oldi. Qo'shimchasiga, O'zbekiston termasi ham o'zi kutgan o'yinni ko'rsata olmadi. Yani, futbolchilarimiz hujumda hech narsa qila olishmadi, ular faqatgina minimum vazifani uddalashdi.

Ha, bu o'yin bilan Olimpiadaga borib bo'lmaydi. Biroq bu Tailandda ham futbolchilar aynan shunday o'ynaydi degani emas. Yaxshi tarafi, Drulovich hali million ish uni kutib turganligini kecha tushundi. Tojikistonga ham 2-3 ta gol urib, bemalolxo'ja bo'lganidan ko'ra, saralashning o'zida saboq olgani yaxshiroq", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.


Reyting: -86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика