O'zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi futbolchilik faoliyatini tugatdi
02 mar 2014 09:58
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi futbolchilik faoliyatini tugatdi
O'zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi Oleg Sabirov butsalalarini "mixga ildi", deb xabar bermoqda Vesti.kz sayti.
15 yillik futbolchilik faoliyati davomida Sobirov to'rtta davlatniing 12 klubida o'ynashga ulgurdi. O'zbekistonda "Navbahor", "Do'stlik" va "Qizilqum" klublarida to'p tepgan himoyachi Bolgariyaning "Marica" va Ukrainaning "Karpati" klublarida ham faoliyat olib borgan.
2003 yilda Sobirov "Ordabasi"ga ko'chib o'tgan va tanaffuslar bilan 6 yil o'ynagan. Qozog'istonda u "Aktobe", "Megasport", "Jetisu", "Vostok", "Tobol", "Atirau" va "Sunkar" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Oleg Sobirov ikki karra O'zbekiston chempionligi va bir marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan, "Tobol" safida 2010 yil Qozog'iston chempioni bo'lgan.
Himoyachi O'zbekiston milliy terma jamoasida 5 marta maydonga tushgan.

Fikrlar