So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионатларининг амалдаги ғолиблари Анталияда баҳс ўтказишади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

O'zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg'uloti haqida Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg'uloti haqida

O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni birinchi bo'lib vakillarimiz o'tkazishdi.
Sidneydagi muhtasham va mahobatli "Avstraliya" stadionida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamizning mashg'uloti mahalliy vaqt bilan soat 17:30da boshlandi.

Ushbu sahifa orqali mashg'ulot haqida batafsil malumot berib boramiz.

Mashg'ulot terma jamoa shifokori Abror Pirrievni tabriklash bilan boshlandi. Futbolchilar va murabbiiylar Abror akani qarsaklar bilan muborakbod etishdi.

Dastlabki mashg'ulotda 22 nafar futbolchi ikkiga bo'linib gandbolga o'xshash o'yin o'ynashdi. Maydon yarmida bo'lib o'tgan o'yinda futbolchilar to'pni qo'llari bilan sheriklariga etkazishdi, lekin golni faqat bosh bilan urish mumkin bo'ldi.

"Qizillar": Akbar To'raev, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Akmal SHorahmedov, Vitaliy Denisov, Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Igor Sergeev.
"Ko'klar": Eldor Suyunov, Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev, Jasur Hasanov, Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, Lutfulla To'raev, Vohid SHodiev, Bahodir Nasimov.

Mashg'ulot avvalida Ignatiy Nesterov bilan Pyotr Gizimchuk alohida shug'ullandi.

So'ngra futbolchilarimiz juft-juft bo'lib futbol o'ynashdi. Bunda asosiy qoida sherigining qo'lini qo'yib yubormay harakat qilish. Kichik o'yinda qizillar g'olib bo'lishdi. SHorahmedov-Tursunov va Ahmedov-Jeparov juftligi o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi.

OFK reglamentiga ko'ra mashg'ulotning faqatgina 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ldi. SHu bois biz KXDR vakillari ishtirokidagi matbuot anjumaniga shoshildik. 

Narzulla Saydullaev
Sidney shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика