O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari bugun dam olishdi
16 noy 2013 17:30
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari bugun dam olishdi
Kecha Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasida Vetnamga qarshi o'yin o'tkazib yirik g'alabaga erishgan O'zbekiston terma jamoasi bugun Gonkongga etib borgani haqida xabar berdik.
"Jamoa "Regal" mehmonxonasida joylashdi Bugun murabbiylar futbolchilarga dam berishga qaror qilishdi. Ertadan boshlab mashg'ulotlar davom ettiriladi. Jamoa ichidagi umumiy holat juda yaxshi. Yaxshi kayfiyatning yanada ko'tarilishiga Vetnam ustidan qozonilgan g'alaba ham sabab bo'ldi. Ko'z tegmasin, jamoa ichida jarohat olganlar yo'q", - deb yozadi O'zbekiston milliy terma jamoasining rasmiy tvitter akkaunti .
Gonkong - O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Gonkong - O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar