So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

O'zbekiston terma jamoasining yig'ini haqida raqam va faktlar Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining yig'ini haqida raqam va faktlar

SHahboz Beg'amov O'zbekiston terma jamoasining Ektor Kuper qo'l ostidagi navbatdagi yig'ini yakuni haqida bazi raqam va faktlarni keltirdi.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper qo'l ostida o'zining oltinchi yig'inini kecha yakunladi. Bunga qadar terma jamoamiz argentinalik mutaxassis boshqaruvida o'tgan yili sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr, joriy yil yanvarda Osiyo Kubogi, mart va iyun oyida yig'inlar tashkil etgandi. Mazkur yig'inlar doirasida terma jamoamiz jami 15 uchrashuv o'tkazdi.

Yig'in doirasida terma jamoamiz dastlab Turkiya (0:2) bilan safarda, KXDR (4:0) va Suriya (2:0) bilan Toshkentda bellashdi.

Mazkur yig'inga taklif etilgan 26 futbolchidan 24 nafariga Kuper imkoniyat berdi. Faqatgina to'rt darvozabondan ikkitasi, yani Botirali Ergashev va Javohir Ilyosov maydonga tushirilmadi. Qolgan barcha futbolchilar esa o'tkazilgan bellashuvlarda o'z imkoniyatlarini olishdi.


Mazkur yig'inga Ektor Kuper tomonidan jalb etilgan 3 nafar yangi futbolchilar: Doston Ibragimov, Qo'vondiq Ro'ziev va Xojiakbar Alijonov terma jamoadagi debyut o'yinlarini o'tkazishdi.


Ektor Kuper tomonidan terma jamoa yig'iniga jalb etilgan futbolchilar va ularning qayd etgan ko'rsatkichlari:

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov («Paxtakor») — 1 o'yin (KXDR)

Ilyosov Javohir («Lokomotiv») — o'ynamadi*

Suyunov Eldor («Paxtakor») — 2 o'yin (Turkiya, Suriya)

Ergashev Botirali («Dinamo»)  — o'ynamadi *

 

Himoyachilar:

Krimec Egor («Paxtakor») — 1 o'yin (Turkiya)

Ismoilov Anzur («Lokomotiv») — 3 o'yin (Turkiya, KXDR va Suriya)

Tursunov Dostonbek (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)  — 1 o'yin, 1 gol (KXDR)

To'xtaxo'jaev Islom («Lokomotiv») — 1 o'yin (Suriya)

Zoteev Oleg («Lokomotiv») — 1 o'yin (Suriya)

Sayfiev Farrux («Paxtakor») — 2 o'yin (Turkiya, Suriya)

Komilov  Akromjon («Paxtakor»)  — 1 o'yin (KXDR)

Hoshimov Davron (“Lokomotiv” ) — 3 o'yin (Turkiya, KXDR va Suriya)

Alijonov Hojiakbar («Paxtakor») — 1 o'yin (KXDR)

 

Yarim himoyachilar:

Hamrobekov Odiljon («Paxtakor») — 3 o'yin, (Turkiya, KXDR va Suriya)

Ahmedov Odil («SHanxay SIPG», Xitoy) — 3 o'yin, 1 gol, 1 assist (Turkiya, KXDR va Suriya)

Musaev Fozil (“Jubilo Ivata” Yaponiya) — 2 o'yin (Turkiya, Suriya)

Aliboev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya) — 2 o'yin (KXDR va Suriya)

G'iyosov Xurshid ("Bunyodkor") — 2 o'yin (KXDR va Suriya)


O'runov Oston («Navbahor») — 3 o'yin (Turkiya, KXDR va Suriya)

Masharipov Jaloliddin («Paxtakor») — 3 o'yin, 1 samarali harakat, 1 assist (Turkiya, KXDR va Suriya)

Ibragimov Doston («Buxoro») — 3 o'yin, 1 assist (Turkiya, KXDR va Suriya)

Ro'ziev Quvondiq  («Qo'qon-1912») — 2 o'yin (Turkiya va Suriya)

Mirzaev Sardor  («Lokomotiv») — 1 o'yin (KXDR)

 

Hujumchilar:

SHomurodov Eldor («Rostov», Rossiya) — 2 o'yin, 2 gol (Turkiya va Suriya)

Sergeev Igor («Paxtakor»)  — 2 o'yin, 1 gol, 1 assist (KXDR va Suriya)

Abduxoliqov Temurxo'ja («Lokomotiv») — 2 o'yin, 1 gol (Turkiya va KXDR)


4 nafar futbolchi Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Anzur Ismoilov va Jaloliddin Masharipov o'tgan barcha bahsni boshlang'ich tarkibda boshladi.


7 nafar futbolchi barcha o'yinda ishtirok etdi: Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Odil Hamrobekov, Oston O'runov, Doston Ibragimov, Odil Ahmedov va Jaloliddin Masharipov.


6 daqiqa: eng kam maydonda harakat qilgan futbolchi - Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")


1 —faqatgina Anzur Ismoilov barcha uchrashuvni to'liq o'zgarishsiz o'tkazdi.


Ektor Kuper Turkiya bilan o'yinga nisbatan KXDRga qarshi bahsda tarkibda 7 o'zgarishni amalga oshirdi va kechagi bellashuvda ham o'tgan o'yinga nisbatan 7ta o'zgarish qildi. Suriya bilan bo'lgan bahsda esa argentinalik mutaxassis Turkiya bilan bo'lgan uchrashuvga nisbatan 2ta o'zgarishni amalga oshirdi. 


Kiritilgan gollarga SHomurodov (2), Ahmedov, Abduxoliqov, Sergeev va Tursunov mualliflik qilishdi. Etiborlisi, mazkur yig'in davomida terma jamoamiz safidagi barcha hujumchilar gol urishga muvaffaq bo'lishdi.


SHu tariqa Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi boshqaruvidagi o'tkazilgan 15 o'yinda g'alaba, 3 durang va 5 mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati: 19-14.


Biz yutgan jamoalar: KXDR (2:0, 4:0), Qatar (2:0), Ummon (2:1), Turkmaniston (4:0), Xitoy (1:0), Suriya (2:0). 

Biz durang o'ynagan jamoalar: Suriya (1:1), Livan (0:0), Avstraliya (0:0). 

Bizni yutgan jamoalar: Eron (0:1), Janubiy Koreya (0:4), Yaponiya (1:2), Urugvay (0:3), Turkiya (0:2).


Ektor Kuper qo'l ostidagi terma jamoamizda hozircha eng yaxshi to'purar Eldor SHomurodov bo'lib turibdi.


Kuper boshqaruvidagi terma jamoamiz safida gol urgan futbolchilar ro'yxati:

Eldor SHomurodov — 7

Marat Bikmaev — 4

Odil Ahmedov — 3

Javohir Sidiqov — 1

Jaloliddin Masharipov — 1

Doston Tursunov — 1

Temurxo'ja Abduxoliqov — 1

Igor Sergeev — 1

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика