So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  11 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

JCH-2026 2-saralash bosqichi: O'zbekiston qiyinchiliksiz Turkmanistonni mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2026 2-saralash bosqichi: O'zbekiston qiyinchiliksiz Turkmanistonni mag'lub etdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Bugun JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekiston – Turkmaniston bahsi yakunlandi.

Jamoamizning tarkibi bilan tanishing:

JCH-2026 2-saralash bosqichi

"E" guruhi. 5-tur

O'zbekiston – Turkmaniston 3:1 
Gol : 17 - Husniddin Aliqulov (Jaloliddin Masharipov), 25 - SHanazar Tirkishov (Altimirat Annadurdiev), 30 - Oston O'runov (Eldor SHomurodov), 70 - SHerzod Nasrullaev (Husniddin Aliqulov)

6 iyun. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Yusuke Araki

Qanot hakamlari: Zyun Mixara, Kota Vatanabe

Zaxira hakami: Muhammad Issa 

O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek SHukurov (Abdulla Abdullaev, 76), 9. Odilbek Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskanderov, 76), 11. Oston O'runov ( Hojimat Erkinov, 83), 13. SHerzod Nasrullaev, 14. Eldor SHomurodov, 15. Umar Eshmurodov (Abduqodir Husanov, 50), 19. Azizbek Turg'unboev (Abbosbek Fayzullaev, 50), 23. Husniddin Aliqulov.

Zaxira: Botirali Ergashev, Abduvohid Nematov, Muhammadqodir Hamraliev, Diyor Xolmatov,Abdurauf Bo'riev, Azizbek Amonov.

Turkmaniston: 1.Ahalliev Rustem, 2.Guychmirat Annaguliev, 3.Ixlas Toyjanov, 6.Alibek Abduraxmonov, 8.Mirza Beknazarov, 11.Didar Durdiev, 12.Haqmuhammad Bashimov, 13.Velmirat Ballakov, 14.SHanazar Tirkishov, 15.Abdi Bashimov, 17.Altimirat Annadurdiev.

Zaxira: 16.Batir Babaev, 23.Gurbanmirat Garaev, 4.Mekan Saparov, 5.Ata Geldiev, 7.Arslan Amanov, 9.Mirat Annaev, 10.Elman Tagaev, 18.Yazgilich Gurbanov, 19.Begench Akmamedov, 20.Selim Nurmiradov, 21.Teymur CHariev, 22.Meylis Durdiev.

Ogohlantirish: 52 - SHerzod Nasrullaev, 64 - Haqmuhammad Bashimov, 90 - Selim Nurmiradov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+1. Husanovning zarbasini darvozabon qaytardi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

90. Selim Nurmiradov ogohlantirildi

83. Navbatdagi o'zgarish: Ostonning o'rniga Hojimat tushdi

76. O'zgarish: SHukurov va Masharipov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Abdullaev va Iskanderov maydonga tushdi



70. GOOOOOOL. Nasrullaev hisobni o'zgartirmoqda. Himoyachining goliga yana bir himoyachi Aliqulov assist qilmoqda

66. Navbatdagi ajoyib hujum. Bu safar Oston o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

65. Masharipovning jarimadan yo'llagan zarbasi to'cinga tegmoqda

64. Haqmuhammad Bashimov ogohlantirildi

63. Masharipov raqib maydonchasining ichida super harakat qildi, biroq Abbosning oyoqlari etmadi

60. Aliqulov ajoyib imkoniyatdan foydala olmadi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

56. Husanov raqib maydonchasining ichida raqibni «uchirib yubordi» va to'pni egallab oldi. SHundan so'ng to'pni u Ashurmatovga uzatdi. Biroq Rustamning zarbasi noaniq

52. SHerzod Nasrullaev ogohlantirildi

51. Ostonning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi

50. Ular Turg'unboev va Eshmurodovni alishtirishdi



49. Jamoamiz safida ikkita futbolchi zaxiradan maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Ular - Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev 

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoamiz juda ko'plab vaziyatga ega bo'lgan birinchi bo'limdan so'ng hisob 2:1

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

44. Terma jamoamiz hozir super hujum tashkil qildi. Biroq SHukurovning zarbasini darvozabon qaytardi. Agar bu hujum gol bilan yakunlanganda, hali ancha vaqt davomida bu hujum haqida gapirilardi

41. Oston hozir ochiqchasiga to'pni Eldor va Masharipovdan qizgandi. Ikki nafar hujumchimiz bo'sh darvoza bilan qolganida O'runov zarba yo'lladi va to'p ustunga tegmoqda

40. Masharipovning burchakdan uzatgan to'pini yana himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi

39. Ostonnnig uzatmasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi



30. GOOOOOOOL. Oston O'runovdan ajoyib gol, sardorimizdan esa ajoyib uzatma. Biz yana oldindamiz!

P.S. Turkmaniston terma jamoasi 1992 yildan buyon ilk bor Toshkentda O'zbekistonga gol urdi

25. GOL. SHanazar Tirkishov hisobni ochdi. Unga Altimirat Annadurdiev pas bergan

P.S. Husniddin Alikulov O'zbekiston milliy terma jamoasi safida birinchi golini urdi. Aliqulov 2023 yil Vetnamga qarshi bahsda ham gol urgandi, ammo u nazorat uchrashuvi bo'lgani bois FIFA ro'yxatiga kirmagan.

21. Masharipov va SHomurodov o'zaro yaxshi harakat qilishgandi, biroq raqib himoyachisi so'nggi soniyalarda to'pni burchakka chiqarib yubordi



17. GOOOOOOOOOL. Husniddin Aliqulov hisobni ochmoqda. To'pni Masharipov uzatdi

14. SHomurodovning chalqancha yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Hozircha to'liq ustunlik bizda. Faqatgina gol yo'q

7. SHukurovning ajoyib uzatmasida sardorimizning oyoqlari biroz etmadi

6. Turkmanlar ham yaxshi hujum tashkil qilishdi, baxtimizga hujum chizig'idagilar imkoniyatlaridan foydalana olmadi

2. XAVFLI VAZIYAT. Masharipovning uzatmasidan so'ng Ashurmatov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq to'p ustunga tegmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Endi birin-ketin stadionda har ikki mamlakat terma jamoalarining madhiyalari yangraydi

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 2-saralash bosqichining navbatdagi turida Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da start oladi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика