O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi
29 mar 2016 11:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203012_original.jpg)
![](/upload/storage/203012_220.jpg)
O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi
O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibini elon qilamiz. Darvozani Aleksandr Lobanov qo'riqlasa kerak. To'xtaxo'jaev jarohat olgani bois bugun o'ng qanotda Davron Hoshimov maydonga tushishi mumkin. CHapda odatdagidek Denisov harakat qiladi. Markaziy himoyada Krimec va Ismoilov o'ynashadi. Tayanch yarim himoyada Aziz Haydarov to'p tepadi. Ahmedov va Jeparov markazda o'ynashadi. Qanotlarda Rashidov va Andreev harakat qiladi. Hujumda Igor Sergeev.
Samvel Babayan bugungi o'yinda taxminan mana shunday tarkibni maydonga tushiradi:
Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Davron Hoshimov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Stanislav Andreev.
Hujumchilar: Igor Sergeev
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Bahrayn o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar