O'zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg'uloti (FOTO)
16 jan 2019 22:26
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg'uloti (FOTO)
Ertaga, 17 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari doirasida Yaponiyaga qarshi bahs o'tkazadi.
Bugun milliy jamoamiz vakillari yaponiyaliklarga qarshi uchrashuv bo'ladigan "Halifa Bin Zayed" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotdan avval O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Javohir Sidiqov ishtirok etdi.
Ushbu tadbirdan keyin futbolchilarimiz maydonda mashg'ulot o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar