So’nggi yangiliklar

14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4

O'zbekiston terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi jarohatlar haqida nimalar dedi? Yan Katanec bilan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi jarohatlar haqida nimalar dedi? Yan Katanec bilan intervyu

O'zbekiston milliy terma jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Yan Katanec saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.

- Salom Yan, intervyuga rozi bo'lganingiz uchun tashakkur. Ko'pchilik futbol muxlislari sizni yaxshi tanishmaydi. O'zingiz haqingizda malumot bersangiz. Srechko Katanec sizning otangiz shundaymi?

- Barchaga salom. Ha, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec mening otam. Mening ismim Yan Katanec va yoshim 29da. Men manual terapevtman. Sloveniyalikman va Sloveniyada o'qishni tamomlaganman. Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida istiqomat qilaman. O'zbekiston terma jamoasida manual terapevt vazifasini bajaraman va jarohatlangan futbolchilarga tezroq tiklanishga yordam beraman. Mening asosiy ishim trenajyor zalida o'tadi. Jarohat olgan futbolchilarning tezligi va harakatini tezroq tiklash ustida ishlaymiz. Sportchilarning tanasini nazorat qilish va tanadagi o'zgarishlar haqida bosh shifokor Alisher Aripovga malumot beraman.

- Yan terma jamoadagi hozirgi holat qanday? Jarohatlar juda-juda ko'payib ketdi? Bunga sabab nima?

- Ha, terma jamoada ish "qaynamoqda". Ko'pgina muxlislar bundan xabardor emas, ammo jarohatlangan futbolchilarning 85 foizida terma jamoa yig'inidan oldin ham jarohat bo'lgan. Yani ko'pgina futbolchilar terma jamoa safiga jarohat bilan etib kelishdi. Faqatgina Igor Sergeev ushbu musobaqa davomida jarohat oldi.

- Jarohat olgan futbolchilar bilan ishlamoqdasiz. Ularning holati qanday? Tiklanish jarayoni qanday kechmoqda?

- Futbolchilar bilan ishlashda davom etmoqdamiz. Ko'pgina futbolchilarning jarohati surunkali. Bu birinchi marotaba bo'layotgan jarohat emas. Agar surunkali jarohat bo'lmaganida tiklanishga unchalik ko'p vaqt ketmagan bo'lardi.

- SHomurodov va Sergeevlarning jarohatlarini bilamiz. Ular ancha jiddiy jarohat olishdi. Qolganlarda vaziyat qanday? Masalan SHerzod Nasrullaevning jarohati haqida malumot bera olasizmi? Nasrullaev dastlabki ikki uchrashuvda ishtirok etgandi.

- Nasrullaevda mushaklar bilan muammo bor. Bu jiddiy jarohat emas, ammo tiklanish uchun biroz ko'proq vaqt talab qiladi. Sababi mushaklarning tiklanishini tezlashtirish qiyin masala. SHerzodni yana maydonga tushiradigan bo'lsak uning jarohati jiddiylashib ketishi ehtimoli juda yuqori.

- Hojiakbar Alijonovning jarohati bo'yicha nima deya olasiz? Srechko Katanec unda jiddiy jarohat borligini aytgandi.

- Hojiakbarda ham surunkali jarohat. Unda tizza bilan muammo bor. Hojiakbar uchun ham tiklanish uchun vaqt kerak. U ushbu musobaqada boshqa ishtirok etmasligini elon qilib bo'ldik. Husniddin Aliqulov ham klubda jarohat olgan edi. Muxlislar bir narsani tushunishlarini so'ragan bo'lar edim. Futbolchilar 90 foiz vaqtini o'z klublarida o'tkazishadi va ko'p jarohat olishadi. Biz ularni terma jamoa yig'inida doirasida tuzata olmaymiz. Bunga ko'proq vaqt va mehnat talab etiladi.


- Superligada o'ynagan futbolchilarimiz mart oyidan boshlab dekabrga qadar futbol o'ynashadi. Oradagi qisqa tanaffus vaqtlarida esa "CAFA nations cup 2023" va terma jamoa yig'inlari o'tkazildi. Superliganing so'ngi o'yinlari 4-5 dekabr kunlariga to'g'ri keldi. Terma jamoa yig'ini esa bir haftadan so'ng 12 dekabr kuni boshlandi. To'qqiz oy davomida to'xtovsiz futbol. Futbolchilarga biroz dam berish kerak edi menimcha. Albatta bunday qiyin va uzun mavsumdan keyin futbolchining sog'lig'ida muammolar kuzatiladi. Bunga sizning fikringiz qanday?

- Yo'q, men fikringiz noto'g'ri deb hisoblayman. Terma jamoa yig'in boshlanganida ko'p futbolchilarda jarohat bor edi. Masalan Alijonov Dubaydagi yig'inga etib kelganidan buyon men bilan mashg'ulot o'tkazayotgan edi. Yani Hojiakbarda terma jamoa yig'inidan avvalroq ham jarohat bor edi.

- Alijonovda jarohat borligini bilgan ekansizlar, ammo nega uni Suriyaga qarshi o'ynatdingizlar?

- Hojiakbar Toshkentda MRT(Magnit-rezonans tomografiya) analizini topshirgan ekan. Ushbu analizlarning javobi noto'g'ri ekan. MRT analizining javobiga ko'ra, u bemalol o'ynay olar edi. Lekin aslida bunday bo'lib chiqmadi. Toshkentda topshirilgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri.

- Bu kimning xatosi bo'lishi mumkin. Bunday xatoga kim javobgar bo'lishi kerak?

- Bilmadim. Bu mening ishim emas. Men har bir futbolchi topshirgan analizni nazorat qila olmayman. Yana bir marotaba takrorlayman. Dekabrda oyida terma jamoa yig'iniga sog' bo'lib qo'shilgan futbolchilar hali jarohat olgani yo'q.

- Ko'pgina futbolchilarda jarohat bo'lgan ekan, biroq nega terma jamoaga jarohatlangan futbolchilar chaqirildi? To'g'ri, osiyo kubogi katta turnir, lekin futbolchining sog'lig'i birinchi o'rinda bo'lishi kerak.

- Bu bosh murabbiy qarori. Men uning qaroriga tasir o'tkaza olmayman. Qo'shimchasiga ko'pgina futbolchilarning o'zlari ushbu musobaqa ishtirok etishni istayotganliklarini aytishdi. Jarohati bor bo'lsa ham.

- Terma jamoadagi murabbiylar shtabi jarohatlar ko'payib ketgani sababli shifokorlar ishidan qanchalik qoniqishmoqda. Masalan ular sizlar bajarayotgan ishlardan to'liq qoniqishmoqdami? Bosh murabbiy shifokorlar jamoasiga etiroz bildirmadimi?

- Yo'q. Hammasi joyida biz bir jamoa bo'lib ishlashdi davom etishimiz kerak. Bu futbol va unda jarohatlar tez-tez uchrab turadi. Murabbiylar shtabi bizni tushunishmoqda va oramizda hech qanday tushunmovchilik yo'q.

- Siz Sloveniyada yashashingizni va faqatgina terma jamoa yig'in o'tkazayotgan vaqti O'zbekistonga kelishingizni aytdingiz. Siz O'zbekiston terma jamoasidan tashqari boshqa joyda ham faoliyat yuritasizmi?

- Ha, Sloveniyada o'zimning klinikam(nomi IOK Rehab) bor. Sloveniya chempionatidagi futbolchilar bilan ishlaymiz.

- O'zbekistondagi futbolchilarning jarohat olish sabablari nima deb o'ylaysiz? Masalan ko'p futbolchilari klublarida jarohat olishgan ekan, bunga sabab nima?

- Tiklanish jarayoni yo'qligi. Futbolchilar faqat futbol o'ynashadi va bo'ldi. Aslida bunday emas, tiklanishga ham katta etibor berish kerak. Inson organizmi ko'pgina bosimlarga shunday reakciya bildiradi. To'xtovsiz futbol o'ynasangiz va tiklanishga etibor bermasangiz, siz albatta jarohat olasiz. Bunga yaxshigina misol Krishtianu Ronaldu. U tiklanishga qanchalik etibor berishini hamma biladi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика