So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari Bunyodkor akademiyasi maydonida soat 16.00 da boshlanadi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari Bunyodkor akademiyasi maydonida soat 16.00 da boshlanadi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari «Bunyodkor» akademiyasi maydonida soat 16.00 da boshlanadi. Mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig'in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha azolari yig'ilgach, 9 noyabr kuni tongda O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo'l oladi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o'tkaziladi.

→ "Tezkor studiya". Abramovga javobsiz qo'ng'iroq yoxud terma jamoaga chaqirilmaganlar haqida 

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика