So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

O'zbekiston terma jamoasining asosiy muammosi nimada? Nikolay Egorichevdan Kosta-Rika bilan o'yin tahlili Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining asosiy muammosi nimada? Nikolay Egorichevdan Kosta-Rika bilan o'yin tahlili

O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyadagi yig'inini yakunladi.

Kamerun ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng muxlislarimiz Kosta-Rika bilan o'yinda muvaffaqiyatga umid qilishlari tabiiy edi. Avvaliga hammasi yaxshi kechdi, ammo qo'shib berilgan vaqtda Srechko Katanec jamoasi o'z darvozasidan ikkita gol o'tkazib yubordi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichev o'yin bo'yicha o'z tahlilini tayyorladi. Oldinga o'tib aytish mumkinki, aslida bahs unchalik yomon o'tmadi.

Deyarli butun o'yin davomida O'zbekiston terma jamoasi yaxshi pressingni amalga oshirdi. Bu, birinchi navbatda, birinchi bo'limga tegishli. CHunki dastlabki bo'limda futbolchilarimiz hali kuchga ega edi. Masalan, Eldor SHomurodovning birinchi goli va undan bir-ikki daqiqa o'tib uning birga-bir chiqib ketishi. Etibor qiling, Eldor to'p kiritgan epizodda katta ehtimol bilan maydon markazida qoidabuzarlik bo'ldi.




Hozirgi O'zbekiston terma jamoasining asosiy muammosi uning to'pga egalik qila olmasligi va maydonda “birinchi raqam”da bo'lmasligidir. Agar raqib masalan SHri-Lankadan kuchliroq bo'lsa, jamoa darhol to'pni berib, qarshi hujumda o'ynaydi. SHu bilan birga, O'zbekiston terma jamoasi haqiqatan ham “ikkinchi raqam”da o'ynashda mohir: himoyadan hujumga tez o'tish, bu ko'p jihatdan hujum chizig'i futbolchilarining individual harakatlariga bog'liq bo'lgan “vertikal futbol”.

Lekin shuni tushunish kerakki, bunday futbol juda ko'p energiya talab qiladi. To'p o'yinchilardan tezroq yuradi. Yani, vertikal futbolda ko'p yugurishga to'g'ri keladi, juda ko'p "portlovchi" tezlashuvlar berishingiz kerak. Qiziq, Srechko Katanecning "B rejasi" bormi yoki u har doim "ikkinchi raqam"da o'ynashga tayyormi? O'zbekiston terma jamoasida pozicion hujumlar deyarli yo'q edi. Ko'pincha o'yinchilar shoshilib, oldinda tezkor variantni topishga harakat qilishdi, vaholanki, ular to'pni o'zlarida ushlab turishlari mumkin edi.

Bir xillik va hattoki bazi taxminlarga qaramay, Katanecning rejasi natija berdi. Ammo ikkinchi bo'lim oxirida O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy muammosi oshkor bo'ldi. Deylik, terma jamoa himoyachilari ko'pincha to'p uchun kurashda raqibga mag'lub bo'ldi. 3-daqiqadayoq kosta-rikaliklar jarima zarbasidan gol urishlari mumkin edi – Orlando Galo boshi bilan zarba berdi, ammo O'tkir Yusupov jamoani qutqarib qoldi. Futbolchilarimizga ixchamlik etishmasdi. Kosta-Rika chiziqlar orasidagi bo'sh zonalarni topdi - bu birinchi navbatda uchta markaziy himoyachidan iborat sxema tufayli. Bunday tartibga solishda qanot o'yinchilari ko'proq erkinlikka ega bo'lishadi, lekin bazida maydon markazida bo'shliqlar paydo bo'ladi.

Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'lim boshida O'zbekiston terma jamoasi o'yinda rang-baranglikni oshirdi. Futbolchilar charchagan zahoti o'yin yomonlashdi. Bundan tashqari, zaxiradan tushganlar o'yinga tezlik qo'shmadi. Barcha kuchli futbolchilar maydonda ekan, hammasi yaxshi edi. O'zgarishlardan keyin hammasi “buzilib” ketgandek.




Katanecning taktikasi o'zini oqladi. Lekin markaziy zonadagi ikkita o'yinchiga katta hajmdagi ish tushmoqda. Bu muammoni echish kerak. Qolaversa o'rtada kreativni futbolchi etishmagani uchun SHomurodov orqaroqqa tushib to'pni olib xujumni boshlamasligi kerak, chunki uni ishining asosif vazifasi xujumni yakunlash.

Aytgancha , xujumni samarali yakunlash. Bu O'zbekistonning hozirgi terma jamoasi uchun ham katta muammo. Faqat SHomurodovda kamida uchta gol urish imkoniyati bo'lgan bo'lsa-da, u faqat bir marotaba bundan foydalandi. Agar u hech bo'lmaganda yana bitta epizodni golga aylantirganida, O'zbekiston terma jamoasi albatta g'alaba qozonardi. Balki Eldorda "Roma"da kam o'ynagani uchun o'yin ohangi va o'ziga ishonch etishmayotgandir?

Yana bir ijobiy jihatni aytish kerakki, markaziy yarim himoyachilarning maydonning quyi qismidan qo'shilishi. Jumladan, 70-daqiqada Otabek SHukurov kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p himoyachiga tegdi. Bu SHomurodovning katta xizmati bo'lib, raqib himoyachilarining etiborini tortadi.




O'tkazib yuborilgan gollarga keladigan bo'lsak, O'zbekiston terma jamoasi himoyachilariga shunchaki koncentraciya etishmadi. 92-daqiqada Aliqulov negadir jarima maydoni ichida ikki raqib bilan yolg'iz qolib ketdi. Qolgan himoyachilar qaerda edi? Ikki daqiqadan keyin esa Aliqulov standart vaziyatda o'z futbolchini yo'qotib qo'ydi va xatoga yo'l qo'ydi. O'zbekiston terma jamoasi raqibdan ko'proq vaziyat yaratdi va yakunda Kosta-Rikaga mag'lub bo'ldi. Bizning jamoaga vaziyatlardan foydalana olmaslik va qo'shib berilgan daqiqalarda o'z jarima maydonimiz yaqinidagi parokandalik pand berdi.

Kosta-Rika terma jamoasida yulduzlar yo'qdir, ammo kurashchan va yaxshi tashkil etilgan jamoa. Ammo bu juda ham kuchli jamoa emas. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlar nimalar ustida ishlash kerakligini ko'rsatib beradi. Katanecga savollar bor, ammo qilayotgan ishlari natijasi ham ko'rinmoqda.





Nikolay Egorichev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика