So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshladi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan navbatdagi yig'inga kirishdi.

Ayni paytda bosh murabbiy Xose Mariya Mendez o'z vatanida bo'lgani tufayli mashg'ulotni uning yordamchilari Bahodir Ahmedov hamda Nikolay Odushevlar olib borishmoqda. Yig'inga chaqirilgan futzalchilardan ertalabki mashg'ulotda kichik jarohati borligi sabab Rustam Umarov va Konstantin Sviridovlar ishtirok etishmadi. Ertalabki mashg'ulotda futzalchilar dastlab yugurishdi, keyin esa trenajer zalida shug'ullanishdi.

Yig'inga quyidagi futzalchilar chaqirilgan.

#

Ismi

Familiyasi

Jamoasi

1

Rustam

Umarov

“Olmaliq”

2

Klim

Tyugaev

“Olmaliq”

3

Akmal

Xazratqulov

“Do'stlik-AIN”

4

Feruz

Faxriddinov

“Do'stlik-AIN”

5

Konstantin

Sviridov

“Olmaliq”

6

Javlon

Anorov

“Olmaliq”

7

Sunnat

Kuralov

“Olmaliq”

8

Andrey

SHlema

“Olmaliq”

9

Jamoliddin   

SHaripov

“Olmaliq”

10 

Farhod

Abdumavlonov   

“Ardus”

11

Dilshod

Rahmatov

“Ardus”

12

Davron

CHoriev

“Ardus”

13

Dilshod

Irsaliev

“Ardus”

14

Nodir

Eliboev

“Ardus”

15

Ilhom

Hamroev

“Ardus”

16

Artur

Yunusov

“Ardus”

17

Davron

Abdurahmonov    

“Ardus”

18

Eldor

Hoshimov

“Ardus”


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Qita birinchiligi final bosqichi uchun tashlangan qura natijasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasiga Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston hamda Livan jamoalari raqib bo'ladi.

Takidlash kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinini egallagan jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика