So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  7 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3

O'zbekiston terma jamoasi Xitoy va Tojikistonga qarshi o'yinlarga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Xitoy va Tojikistonga qarshi o'yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Mashg'ulotlar poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasi zalida olib borilayapti. Mazkur yig'in O'zbekiston MTJ uchun aprel oyida bo'lib o'tadigan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Aprel oyida Nodir Eliboev boshchiligidagi O'zbekiston MTJ Xitoy hamda Tojikiston terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Dastavval, milliy terma jamoamiz 3 — 5 aprel sanalarida Xitoy Xalq Respublikasiga safar qiladi va osmono'par yurt futzalchilariga qarshi ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Aprel oyining ikkinchi dekadasida esa Tojikiston milliy terma jamoasi mamlakatimizga tashrif buyurishi va qo'shni mamlakat futzalchilariga qarshi yana ikkita nazorat uchrashuvi bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda o'tayotgan yig'in 20 martgacha davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика