O'zbekiston terma jamoasi Xitoy safari oldidan mashg'ulot o'tkazdi
09 okt 2023 19:41
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Xitoy safari oldidan mashg'ulot o'tkazdi
Vakillarimiz CHin o'lkasida Xitoy va Vetnamga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz bugun safar oldidan "Jar" stadionida mashg'ulotlarni olib bordi. Bugungi mashg'ulotlarda Superliga jamoalarida to'p tepayotgan futbolchilar, legionerlarimizdan Abdulla Abdullaev, Abbos Fayzullaev, Igor Sergeev, Aziz G'aniev, Otabek SHukurov, Bobir Abdixoliqov, Husniddin Aliqulov, ishtirok etdi. Srechko Katanec va uning shtabi futbolchilarning harakatini diqqat bilan kuzatib bordi.
O'zbekiston terma jamoasi bugun tunda Xitoy safariga otlanadi. Terma jamoa Toshkent-Pekin-Dalyan orqali ertaga manzilga etib boradi.
13-oktyabr
O'zbekiston - Vetnam
16-oktyabr
Xitoy - O'zbekiston
Quyida bugungi mashg'ulotdan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar