So’nggi yangiliklar

11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  6 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  3 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  11 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  7 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0

O'zbekiston terma jamoasi U17 Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi U17 Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi

Kelasi yili bo'lib o'tadigan o'smir qizlar o'rtasida U17 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qura tashlash marosimi 23 dekabr kuni o'tkazilishi malum qilindi.

Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederaciyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

U17 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo'yicha ikki bosqichda o'tkaziladi. Kelasi yilning 7-11 aprel kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo'lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo'llanmasi uchun bellashadilar. 

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg'iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Ilhom Xanjariev murabbiyligi ostidagi U17 O'zbekiston o'smir qizlar terma jamoasi qura tashlash marosimida 2-savatchadan o'rin oladigan bo'ldi.


Qura savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg'iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikiston, Vetnam

1-savatcha: Janubiy Koreya, Tailand, Laos, Eron

2-savatcha: Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, O'zbekiston, Gongkong, Cingapur, Indoneziya

3-savatcha: Livan, Malayziya, Nepal, BAA, Guam, Pokiston, Falastin, SHimoliy Mariana orollari, SHri Lanka

4-savatcha: Iroq, Maldiv orollari, Suriya, Turkmaniston


Qura mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика