O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yig'inni boshladi
09 fev 2017 11:37
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yig'inni boshladi
"O'zbekiston terma jamoasi bugundan Turkiyaning Antaliya shahrida qisqa muddatli yig'inga kirdi", - deb yozadi O'FFning telegramdagi rasmiy kanali.
Mazkur yig'in doirasida O'zbekiston terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).
Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), SHohruz Norxonov (“Obod”).
Bo'lajak yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar