O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg'iziston bilan o'ynaydi
05 avg 2017 11:15
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg'iziston bilan o'ynaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichining so'nggi ikki o'yiniga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 20 avgustdan Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga kirishadi.
Yig'in doirasida milliy terma jamoa 25 avgust kuni poytaxtda Qirg'iziston termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o'yinga qaysi futbolchilarni taklif qilishi keyinroq malum qilinadi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.
Ayni paytda O'zbekiston 8 ta o'yindan keyin 12 ochko to'plab, to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yagona yo'llanma uchun kurashda 2-o'rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar