O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi
12 noy 2019 19:21
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi
Bugungi mashg'ulotda terma jamoamiz vanihoyat to'liq tarkibda shug'ullandi. SHamollab qolgani bois ikki kunni o'tkazib yuborgan darvozabon Eldorbek Suyunov safga qaytdi. SHuningdek, "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov ham Toshkentga etib keldi hamda terma jamoa safida mashg'ulot o'tkazdi.
Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan 25 nafar futbolchi:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiev (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912").
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Otabek SHukurov (“SHarja”, BAA), Ikrom Aliboev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor").
Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Xorfakkan”, BAA).
Uzbekistan Eldor Shomurodov - 16', Otabek Shukurov - 56' |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 5-tur 14/11/2019, 17:00 3
:
2
Tugadi
|
Saudi Arabia Salman Al-Faraj - 23', Salman Al-Faraj - 85', Salem Al-Dawsari - 89' |
Stadion: 31524 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar