O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi
08 iyu 2019 21:31
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi
Kecha O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi.
Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz azolari "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Unda KXDR bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan 10 nafar futbolchi ishtirok etmadi. Asosiy tarkibda tushgan va tanaffusda zaxiraga olingan Xojiakbar Alijonov zaxiradan tushgan va bahsda qatnashmagan o'yinchilar bilan shug'ullandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur bahs "Milliy" stadionida soat 18:30da boshlanadi.
foto: Jahongir Fayzullaev
Bu kimning oyog'i deb o'ylaysiz?
Fikrlar