O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga ikkinchi o'yinda ham yutqazdi
23 jan 2016 18:00
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga ikkinchi o'yinda ham yutqazdi
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qozog'iston terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Olma-Ota shahrining Baganashil tumanida joylashgan "Zenit" sport kompleksida o'tkazilgan ikkinchi uchrashuv ham mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamiz tarkibida kiritilgan yagona golga Dilshod Irsaliev mualliflik qildi.
O'rtoqlik uchrashuvi, 23.01.2016
Qozog'iston - O'zbekiston 3:1
Gollar: - D.Irsaliev
O'zbekiston: Birinchi beshtalik: Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Dilshod Rahmatov, Dilshod Irsaliev.
Zahira: Akmal Xazratqulov, Klim Tyugaev, Nodir Eliboev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov, Farhod Abdumavlonov, Andrey SHlema, Davron CHoriev, Jamoliddin SHaripov.
Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga tunda Toshkentga qaytib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar