So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi "Inter"da - Ertaga klub qarorgohida vice-prezident Zanetti bilan uchrashuv Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi "Inter"da - Ertaga klub qarorgohida vice-prezident Zanetti bilan uchrashuv

O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ayni paytda Italiyaning Milan shahrida bo'lib turibdi.

Denis Ivankov "Inter"ga ish o'rganish uchun yo'l olgan. "Nasaf"ning sobiq murabbiyi, ayni paytda milliy terma jamoa shtabida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassis "Inter" jamoasi darvozabonlar murabbiylarining faoliyati, mashg'ulot jarayonlari bilan tanishib, malaka oshiradi va tajriba almashadi.

Mazkur masala bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Denis Ivankovga "Inter"da malaka oshirish uchrashuvini tashkil etishga ko'maklashgan. Bilasiz, o'z vaqtida "Inter"ni boshqargan Kuper qo'l ostida hozirgi kunda klub vice-prezidenti lavozimida ishlayotgan argentinalik hamyurti Xaver Zanetti o'ynagan. SHu boisdan ham Kuperning iltimosiga ko'ra Zanetti Denis Ivankovga "Inter"da malaka oshirish kursini tashkil etib bermoqda.


Denis Ivankovning "Inter" jamoasida malaka oshirish kursi uchun Milan shahriga etib borgan. Bugun Ivankov Zanetti bilan qo'ng'iroqlashgan va ertaga klub qarorgohida uchrashish bo'yicha kelishib olishgan.

O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi bir haftaga yaqin "Inter" jamoasida malaka oshiradi.

MTJ, Osiyo Kubogi, Kuper, "Nasaf", ispan tili to'garagi, Nesterov va terma jamoaning bo'lajak birinchi raqami haqida — Denis Ivankov bilan suhbat 

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика