O'zbekiston terma jamoasi meksikaliklar bilan qanday libosda o'ynashi malum bo'ldi
11 sen 2023 22:45
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi meksikaliklar bilan qanday libosda o'ynashi malum bo'ldi
13 sentyabr tongida O'zbekiston terma jamoasi Meksika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
O'zbekiston futbol associaciyasi bergan malumotga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilar ushbu bahsda to'liq ko'k rangli formalarda harakat qilishadi. Darvozabon qora libosda ishtirok etadi.
Mazkur uchrashuvni amerikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Viktor Rivas, unga qanotlarda Luis Uranga va Jeremi Kezo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Kayl Jonsonga topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13-sentyabr kuni soat 05:00da start oladi.
Fikrlar