O'zbekiston terma jamoasi keyingi o'yinlarga hozirlik ko'rmoqda
08 iyu 2021 23:27
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi keyingi o'yinlarga hozirlik ko'rmoqda
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
"Singapurga qarshi to'liq o'ynagan futbolchilar alohida tiklanish mashqlarini bajarishdi. Qolgan barcha futbolchilar odatiy tarzda shug'ullanishdi", – deb xabar berdi O'FA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning keyingi uchrashuvi 11 iyun kuni Yamanga qarshi kechadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Fikrlar